Bernardu Silva: «Liga kubogidagi g'alaba — klub kelajagi uchun poydevor»

«Manchester Siti» sardori Bernardu Silva Liga kubogi finalida «Arsenal» ustidan qozonilgan g'alaba klubning uzoq muddatli istiqboli uchun nima sababdan muhim bo'lishi mumkinligi haqida gapirib berdi.
«G'alaba nashidasini surish imkoniyati — bu ajoyib tuyg'u. Yosh futbolchilar: «Ha, biz bunga qodirmiz», deb tushunib etishadi. Bu klubimiz kelajagi uchun juda muhim. Men jamoa bilan faxrlanaman va yosh yigitlarimiz uchun xursandman», — deya 31 yoshli portugaliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi City Report.
Ma'lumot uchun, Bernardu Silvaning o'zi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin — uning shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi.