"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva Erik Dayerning kechagi xatti-harakatlaridan unchalik mamnun emasdi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O'yinda Dayer penaltidan gol urdi.

"U erda penalti bo'lganiga ishonchim komil emas. Dayer o'zining hiyla-nayranglari bilan tanilgan", - deya Silvaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.