Bernardu APL favoritini aytdi

"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva bu mavsumda Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun qaysi jamoalarni asosiy da'vogar deb bilishini aytdi.
O'tgan mavsumda "shaharliklar" "Liverpul" va "Arsenal"dan keyin uchinchi o'rinni egallashgandi.
Portugaliyalik yarim himoyachining fikricha, "qizillar" va "kanonirlar" yana chempionlik favoriti bo'lishadi.
"Liverpul" va "Arsenal" - favorit, ammo bu hali boshlanishi. O'tgan mavsumda hamma bizni favorit deb hisoblagandi, "Arsenal" ham tilga olindi, lekin yakunda chempionlikni qo'lga kiritgan "Liverpul" edi.
Mavsum endigina boshlanganda imkoniyatlarni muhokama qilishning ma'nosi yo'q. Fevralgacha Premer-ligani yutib bo'lmaydi", – dedi futbolchi.