Bernardeski Ronaldu va Messining farqini aytdi

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Federiko Bernardeski Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
"Ular ikki xil olam. Krishtianu kabi Messini ham futbolchi sifatida tushunish qiyin. Lekin ular bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda.
Messi ko'zni qamashtiruvchi, u o'zgacha auraga ega. Krishtianuning yana bir o'ziga xos xususiyati bor: u futbol va umuman sportda inqilob qildi", – dedi Bernardeski.