Bernal Levandovskining «Barselona» akademiyasi vakillariga ko'rsatgan yordamini aytdi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal klubdagi so'nggi uy uchrashuvini o'tkazgan Robert Levandovski haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 37 yoshli hujumchi La Liga doirasida «Betis»ga qarshi kechgan yakshanba kungi bahsdan (3:1) so'ng «Kamp Nou» muxlislari bilan xayrlashdi.
«Barselona» Levandovski uchun ikkinchi uyga aylandi — biz bundan faxrlansak arziydi. Akademiyaning yosh futbolchilari uchun birinchi jamoaga kirishib ketish doim qiyin bo'lgan, ammo Robert o'z maslahatlari bilan yordam berib, vazifamizni osonlashtirdi. U bizga ko'p narsani o'rgatdi va haqiqiy afsona sifatida ketmoqda. Biz undan minnatdormiz», — deya Bernalning so'zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.
Levandovski to'rt yil davomida «Barselona» sharafini himoya qildi. Mavsum yakunida u erkin agentga aylanadi.