Bernal: «Levandovski «Barselona» kiyinish xonasida biz uchun haqiqiy o'rnak edi»

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal hujumchi Robert Levandovskining tez orada klubni tark etishi haqida gapirdi. 37 yoshli polshalik futbolchi mavsum yakunida «ko'k-anorranglilar» bilan xayrlashadi, bu haqda u shanba kuni ma'lum qilgan edi.
«Hammasi uchun rahmat, Robert. Sen kiyinish xonasida haqiqiy o'rnak bo'lding, sening sharofating bilan biz juda ko'p yangi narsalarni o'rgandik», — deb yozdi Bernal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Robert Levandovski 2022 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda — o'shanda u «Bavariya»dan sotib olingan edi. La Liganing 37-turi doirasida bugun «Betis»ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv yulduz forvard uchun Kataloniya grandi futbolchisi sifatida «Kamp Nou»dagi so'nggi o'yin bo'ladi.