"Inter" faxriysi Juzeppe Bergomi "Milan"ning yangi transferi, nemis hujumchisi Niklas Fyullkrug haqida fikr bildirdi.

U Niklasni asosiy tarkibda ko'rmaydi, chunki Rafael Leau va Kristian Pulishich hujumkor etakchilar bo'lishiga ishonadi.

"Menimcha, u yaxshi transfer bo'ladi, lekin "Milan"ning hozirgi tizimida Leau va Pulishich hali ham asosiy o'yinchilar bo'lib qoladi.

Ammo ba'zi o'yinlarda uning qobiliyatlari foydaliroq bo'lishi mumkin", dedi Bergomi.