Italiya chempionatining o'n birinchi turi boshlanmoqda.

"Sassuolo" safarda kutilmaganda "Atalanta"ni yirik hisobda mag'lub etdi va klub etakchilaridan Domeniko Berardi ikkita gol urdi.

Shu tariqa u A Seriya rekordini o'rnatdi. Berardi Italiya vaqti bilan soat 12:30 da boshlanadigan o'yinlarda, ya'ni kunining dastlabki o'yinlarida o'n to'qqizta gol urdi.

Ushbu reytingda ikkinchi o'rinni o'n to'rtta gol bilan Chiro Immobile egalladi.