Karim Benzema faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, "Benfika" ustozi Joze Mourino "Al-Ittihod"ning 37 yoshli hujumchisini taklif qilmoqchi.

Portugaliyalik allaqachon Benzema bilan bog'langan.

Karim Evropaga qaytish haqida o'ylab qoldi. Ammo katta ehtimol bilan Benzema o'zini etakchi sifatida his qilayotgan Saudiya klubida kamida 2027 yilgacha qolishga qaror qiladi.