Transfermarkt mutaxassislari Saudiya Arabistoni klublari futbolchilarining narxlarini qayta ko'rib chiqdi. "Al-Ittihod" yulduz hujumchisi Karim Benzemaning qiymati 1 million evroga pasaydi. 2022 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan frantsuz futbolchisi hozir 7 million evro o'rniga 6 million evroga baholanmoqda.

Benzemaning so'nggi to'rtta narxiga nazar tashlasak, u doimiy ravishda pasayib borayotganini ko'ramiz - 10 million evro, 8 million evro, 7 million evro va 6 million evrogacha. Bu, albatta, uning yoshi bilan bog'liq - u juma kuni 38 yoshini nishonlaydi.

Karim Benzemaning eng yuqori narxi 2016-2017 yillarda bo'lgan - 60 million evro.