Dide Desham 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasi murabbiyligidan ketishini anchadan beri e'lon qilgan edi.

Zinedin Zidan jamoaning keyingi bosh murabbiyi bo'lishi haqida mish-mishlar yuribdi. Mashhur frantsuz futbolchisi Karim Benzema bu haqda fikr bildirdi.

"Ular Zidan Frantsiya terma jamoasining keyingi murabbiyi bo'lishi haqida gapirishmoqda. Menimcha, Zidanda hamma narsa bor. U buni "Real Madrid"da allaqachon isbotlagan.

Terma jamoada hozir murabbiy bor, lekin men uchun Zidan birinchi raqamli", - deya Benzemaning so'zlarini keltiradi AS.

Karim Benzema shuningdek, Frantsiya terma jamoasiga qaytishi mumkinligini tan oldi. 37 yoshli hujumchi uch yarim yildan beri terma jamoada o'ynamayapti.