Benzema terma jamoaga qaytish borasida gapirdi

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Frantsiya terma jamoasiga qaytishi mumkinligini tan oldi. Benzema terma jamoa safida oxirgi marta 2022-yilgi Millatlar Ligasida o'ynagan.
"Hozir terma jamoa mendan uzoqda, lekin kelajaki hech qachon bilmaysiz. Men hozirgi kunga e'tibor qaratyapman", dedi Benzema.
Frantsiya yaqinda 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Karim Benzema dekabr oyida 38 yoshini nishonlaydi. Hujumchi Frantsiya terma jamoasi safida 97 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.