"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzemaning fikricha, Saudiya Arabistoni chempionati darajasi Evropa ligalariga yaqinlashmoqda.

"O'ylaymanki, uch yil ichida bu erda futbol ancha o'zgardi. Bu jismoniy jihatdan yaxshiroq va yanada tezroq bo'ldi. Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol" "Real" bilan durang o'ynab, "Manchester Siti"ni turnirdan chiqarib yuborganini ko'rdik. Shuning uchun bu erda oson deb o'ylamang!

Liga Evropa darajasida emas, lekin undan uzoq emas. Evropa jamoasi Saudiya Arabistonining kuchli jamoasini 5:0 hisobida mag'lub eta olmaydi. Bu PlayStation o'yini emas.

Hozir oldinga yugurishning hojati yo'q. Daraja, mashg'ulotlar - intensivlik hozircha Evropadagidek emas. Lekin biz asta-sekin bunga etib kelyapmiz. Masalan, bizda evropalik murabbiy bor (Serjiu Konseysau), biz jismonan ko'p ishlaymiz. Ilgari biz bunday qilmaganmiz," - dedi Benzema.