Saudiya Arabistonida "Al-Ittihod" safida to'p tepayotgan frantsiyalik hujumchi Karim Benzema Madridning "Real" klubi braziliyalik vingeri Vinisius Juniorning saviyasiga baho berdi.

"Bu futbolchi klub uchun nimalar qilganini unutmaslik kerak. Uni nohaq tanqid qilishyapti, deb hisoblayman. U juda katta bosimga uchrayotgan fenomenal o'yinchi. Albatta, Vinisius bundan ham yaxshiroq o'ynashi mumkin, ammo hozir ham u juda yomon deb ayta olmayman," - deya Karimning so'zlarini keltirdi Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida 22 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.