"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Al-Ittihod"da o'ynayotgan Karim Benzema Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.

"Los Blankos"ning 26 yoshli hujumchiga haddan tashqari ishonishi jamoaning bu mavsumdagi asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

"Men Kilianni qo'llab-quvvatlayman. Unda muvaffaqiyat qozonish uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor.

Endi u "Real Madrid" bilan sovrinlarni yutishi kerak - lekin, albatta, u buni yolg'iz o'zi uddalay olmaydi", dedi Benzema.