Frantsiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq forvardi Karim Benzema "qirollik klubi"ning hozirgi etakchisi - hujumchi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

"Mbappe etuk futbol namoyish eta boshladi. U ko'p gol uradi, Madridda undan aynan shuni kutishadi. "Liverpul", "Atletiko" kabi top raqiblar bilan o'yinlarda Kilian o'yinni o'z qo'liga olishi kerak. "Real" Mbappe bilan birgalikda Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishga umid qilmoqda. Ammo u bir o'zi jamoani sovringa etaklay olmaydi. Unga sheriklarining yordami kerak," - deya Benzemaning so'zlarini keltiradi AS.

Frantsiyalik to'purar 2025/2026 yilgi mavsumda madridliklar safida 16 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol urgan.