Benzema jurnalistdan norozi bo'ldi

Juma oqshomida “Al-Ittihod” o'z maydonida “An-Nassr”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jidda jamoasining yulduz futbolchisi Karim Benzema o'yindan keyin yomon kayfiyatda edi. Jurnalistning o'zining eski suratiga dastxat berishni iltimos qilgani frantsuzga manzur bo'lmadi.
— Hazil qilmoqchimisiz? — deb so'radi norozi Benzema jurnalistdan. "Yo'q, bu tendentsiya", deb javob berdi ayol.
"Trendingiz va markeringizni yig'ishtiring", dedi Benzema. Oxir oqibat, frantsuz dastxat qo'ymadi.