Benzema: "Hozircha men bu erda, Arabistonda baxtliman"

Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema Saudiya Arabistonida baxtli va hozircha bu mamlakatni va "Al-Ittihod" klubida o'ynayotgan chempionatni tark etmoqchi emas. Uning so'zlariga ko'ra, u Saudiya Arabistonida hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan.
"Hozircha men bu erda baxtliman. Boshqa futbolchilar, muxlislar, murabbiylar, atrofdagilarning menga bo'lgan e'tibori, hurmati juda katta. Ha, shartnomam tugaydi, dekabrda 38 yoshga to'laman. Ammo men yana bir-ikki yil futbol o'ynashim mumkinligini his qilyapman," - deya Benzemaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Benzema bungacha Frantsiyaning "Lion" va Madridning "Real" kabi klublarida to'p surgan.