"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema Frantsiya terma jamoasiga qaytishi mumkinligini tan oldi. Benzema terma jamoa safida oxirgi marta 2022-yilgi Millatlar Ligasida o'ynagan.

- Benzema Frantsiya terma jamoasiga qaytadimi?

- Hozir terma jamoa mendan uzoqda, lekin hech qachon bilmaysiz. Men hozirgi kunga e'tibor qaratyapman", dedi Benzema AS nashriga.

Frantsiya terma jamoasi yaqinda 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Dide Desham jamoasi Ukraina, Islandiya va Ozarbayjon bilan bir guruhda mumkin bo'lgan 18 ochkodan 16 ochko to'pladi.