Ismael Bennaser Zagrebning «Dinamo» klubidagi ijara muddati tugagach, yana «Milan» ixtiyoriga qaytadi. Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Xorvatiya klubi futbolchini 15 million evroga sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilgan.

«Milan» jazoirilik futbolchini sotib yubormoqchi, biroq uning yillik 4 million evrolik maoshi bunga to'sqinlik qilmoqda. Bunday maoshni faqat Saudiya Arabistoni klublari to'lashi mumkin.

Bennaserning «rossonerilar» bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. U joriy mavsum «Dinamo» safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist qayd etgan.