Benites Shotlandiya terma jamoasi bilan ishlashga tayyor

Rafael Benites Stiv Klark iste'foga chiqqanidan so'ng Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga da'vogarlardan biri bo'lishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis terma jamoalar bilan ishlashga tayyor ekanini ma'lum qildi.
«Ular erishishlari mumkin bo'lgan darajaga etishdi. Menimcha, undan ortig'ini qila olishlari qiyin edi», — dedi murabbiy talkSPORT efirida shotlandiyaliklarning turnirdagi ishtirokini baholar ekan.
«Men xalqaro futbolga, terma jamoalar bilan ishlashga ochiqman, chunki bu erda boshqacha ishlarni amalga oshirish mumkin deb hisoblayman. Men bu chaqiruvga tayyorman, ammo menga kerakli vositalar (resurslar) kerak», — deya qo'shimcha qildi Benites.
Shotlandiya 2026 yilgi jahon chempionatini guruh bosqichida yakunladi: Gaiti, Marokash va Braziliya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda ular bor-yo'g'i uch ochko to'plashdi.
Ta'kidlash joizki, Benites «Panatinaikos»da mavsumiga 3,5 million evrodan ortiq maosh olgan, Stiv Klarkning Shotlandiya terma jamoasidagi maoshi esa taxminan 600 ming evroga baholanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar