Murabbiy Rafael Benites "Real"dagi qisqa muddatli faoliyatini esladi.

Ispaniyalik ushbu lavozimni 2015 yil yozida egallagan, 2016 yil yanvar oyi boshidayoq ishdan bo'shatilgandi.

"Mening "Real"im yaxshi edi - biz ko'p gol urardik. Menga etarli vaqt berishmadi. Biz "Barselona"dan atigi 5 ochko ortda qolayotgan edik va bemalol kurashishimiz mumkin edi - ayniqsa, Karim Benzemaning jarohatdan qaytganini hisobga olsak," - deya 65 yoshli mutaxassisning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Rafael Benites 2024 yilning mart oyida "Selta"dan iste'foga chiqarilganidan beri murabbiylik ishisiz.