Benites bu hafta yangi klubini qabul qilib oladi

Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Afinaning "Panatinaikos" klubi bosh murabbiyi bo'lishga yaqin turibdi.
Sport24.gr nashrining yozishicha, 65 yoshli murabbiy o'z yordamchilari bilan allaqachon Gretsiyaga etib kelgan va bu haqda yaqin shanba kuni rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Benitesning shartnomasi Gretsiya futboli tarixidagi eng qimmat shartnoma bo'ladi - uning yillik maoshi to'rt million evro atrofida bo'ladi.
Ispaniyalik mutaxassisning so'nggi klubi "Selta" bo'lib, u o'tgan yilning bahorida klubni tark etgandi.