Georgiy Sudakov "Shaxtyor"dan "Benfika"ga o'tdi.

Portugaliya klubi 22 yoshli yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olganini e'lon qildi.

Futbolchining ijarasi uchun "burgutlar" 6,75 million evro to'laydi, to'liq transfer esa ularga 20,25 million evro va 5 million bonusga tushadi. Ukraina klubi futbolchini qayta sotishdan tushgan mablag'ning 25 foizini ham olishi mumkin - agar "Benfika" "Shaxtyor"ga qo'shimcha 6 mln evro to'lasa, bu ulush 15 foizga tushadi.

O'tgan mavsum Ukraina chempionatida Sudakov 25 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.