Portugaliyaning «Benfika» klubi rasmiy sayti xabar berishicha, prezident Ruy Koshta yana 4 yillik ikkinchi muddatga saylandi.

Saylov natijalarga ko'ra, Koshta 65,89% ovoz bilan g'alaba qozondi, bu esa unga klubni boshqarishni davom ettirish huquqini beradi.

Uning ilk muddati davomida «Benfika» 1 marta milliy chempionlik, 1 marta Liga Kubogi va 2 marta Superkubokni qo'lga kiritgan. Evropa miqyosida esa jamoa Chempionlar Ligasi chorak finaligacha etib borgan.

Ruy Koshta — nafaqat klub rahbari, balki o'tmishda Portugaliya terma jamoasi, «Benfika», «Fiorentina» va «Milan»ning afsonaviy yarim himoyachisi sifatida ham tanilgan.