«Benfika» ishqibozlari o'yin oldidan «Real» avtobusini dushmanlarcha kutib olishdi.

Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqish uchun kechadigan ilk pley-off uchrashuvi Lissabondagi «Eshtadiu da Lush» stadionida bo'lib o'tmoqda - 0:0 (tanaffus).

Stadionga borish yo'lida «Benfika» muxlislari «Real» avtobusiga turli buyumlarni uloqtirishdi. Ushbu holat Madrid klubining rasmiy telekanali efirida namoyish etildi.