Portugaliya Primeyrasi 6-turi doirasida AVS (Vila-daz-Avish) va “Benfika” (Lissabon) jamoalari to'qnash kelishdi. Joze Mourino boshqaruvidagi ilk o'yinda “burgutlar” 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda birinchi golni Georgiy Sudakov 45+3-daqiqada kiritdi. 59-daqiqada Vangelis Pavlidis penaltini aniq ijro etib, jamoasi ustunligini oshirdi. 64-daqiqada esa Frano Ivanovich o'z nomini gol urganlar ro'yxatiga yozdirdi.

Bu g'alabadan keyin “Benfika” 13 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi. AVS esa 1 ochko bilan so'nggi – oxirgi o'rinda qolmoqda.

Keyingi bahsni “Benfika” 23 sentyabr kuni o'z maydonida Portugaliya chempionatining 1-turidan qoldirilgan “Riu Ave”ga qarshi o'tkazadi.

Portugaliya — Primeyra. 6-tur
20 sentyabr 2025 yil, shanba.
AVS (Vila-daz-Avish) — Benfika (Lissabon) - 0:3
Gollar: 0:1 — Sudakov (45+3'), 0:2 — Pavlidis (59', penalti), 0:3 — Ivanovich (64')

Manba: stadion.uz