"Benfika" Joze Mourino bilan muzokaralar haqida rasmiy ma'lumot berdi

"Benfika" Joze Mourino bilan muzokaralar haqida rasman ma'lum qildi.
"Benfika" qimmatli qog'ozlar bozori bo'yicha komissiyaga murabbiy Joze Mourinoni ishga olish bo'yicha muzokaralar haqida ma'lumot berdi. Ular tez orada yakunlanishi kutilmoqda", - deyiladi Portugaliya klubi xabarida.
Avvalroq, 62 yoshli murabbiy bilan ikki mavsumlik shartnoma imzolanishi ma'lum bo'lgandi.