"Benfika" joriy mavsumda milliy chempionatda mag'lubiyat nimaligini bilmayapti

O'tgan dam olish kunlari Praganing «Slaviya» klubi «Gradets-Kralove»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa Evropada o'z chempionati doirasida joriy mavsumda hali biror marta mag'lubiyatga uchramagan faqat bitta klub qolganini anglatadi. Bu — Joze Mourinyu qo'l ostidagi Lissabonning «Benfika» klubidir.
Shunga qaramay, «Benfika» turnir jadvalida peshqadamlik qilmayapti, hatto chempionlik imkoniyatlarini deyarli yo'qotgan. Chempionat tugashiga to'rt tur qolganda ular «Portu»dan etti ochko orqada qolmoqda.
Buning sababi «Benfika»ning juda ko'p durang o'ynayotganidadir: jamoa 30 ta o'yinning 9 tasida ochko bo'lishishga majbur bo'lgan. Qolgan 21 uchrashuv lissabonliklarning g'alabasi bilan yakunlangan, o'tgan dam olish kunlarida «Sporting» ustidan qozonilgan g'alaba ham shular jumlasidandir.