"Benfika" futbolchisi Vinisius bilan bog'liq holatga baho berdi

"Benfika" futbolchisi Janluka Prestianni Vinisius Junior bilan bo'lgan janjaldan so'ng bayonot berdi.
"Men Vinisiusni hech qanday irqchilik so'zlari bilan haqorat qilmaganman va buni aniqlashtirishni istayman. Afsuski, u eshitganlarini noto'g'ri talqin qildi. Men hech qachon hech kimga nisbatan irqchilik kayfiyatida bo'lmaganman.
"Real Madrid" futbolchilaridan tahdidlarni eshitish juda yoqimsiz edi", deb yozdi Prestianni o'yindan ko'p o'tmay ijtimoiy tarmoqlarda.