"Benfika"da "Real" haqidagi mish-mishlar fonida Mourino bo'yicha qaror qabul qilindi

Madridning "Real" klubi Joze Mourinoni qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Portugaliyalik ayni damda o'z vatanida ishlamoqda va u erda "Benfika"ni boshqarmoqda.
Taniqli jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, lissabonliklar rahbariyati "Real" Mourinoga murojaat qilsa, uning ketishiga qarshilik qilmaydi. Ular "special one" o'rniga Ruben Amorimni olib kelishi mumkin. "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi hamyurtining o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Joze Mourino 2025 yilning sentyabridan buyon "Benfika"da ishlab kelmoqda. 62 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.