"Benfika" "Shaxtyor"dan yarim himoyachi Georgiy Sudakovni ijaraga oldi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

Portugal klubi ijara uchun 6,75 million evro to'laydi. Shartnomada 20,25 million evrolik majburiy sotib olish varianti mavjud va “Shaxtyor” qo'shimcha ravishda 5 million evro bonus oladi.

22 yoshli Georgiy Sudakov butun faoliyatini "Shaxtyor"da o'tkazgan.