"Arsenal"ning sobiq o'yinchisi, daniyalik Niklas Bendtner faoliyatining bir necha yilini Norvegiyaning "Rosenborg" klubida o'tkazgan.

U hozirda Evropada muhokama qilinayotgan "Budyo-Glimt" klubi bilan yaxshi tanish va to'satdan daniyalik sobiq futbolchi Norvegiya klubini tanqid qildi.

"Ularning kiyinish xonalaridagi muhit kulgili. Xonalarda issiqlik yo'q, sovuq, devorlari kulrang rangga bo'yalgan.

Bu juda g'alati joy. Millionlab pul ishlab topadigan o'yinchilar u erda shunchaki o'tirishadi va hatto qaerda ekanliklarini ham bilishmaydi", dedi sobiq o'yinchi.