«Fiorentina» hujumchisi Lukas Beltran «River Pleyt» klubi a'zosiga aylandi. Bu transfer haqida Argentina poytaxti jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi «River Pleyt» tarkibida keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijara asosida to'p suradi. Kelishuv bir yilga mo'ljallangan.

Beltran 25 yoshda, u Kordoba shahrida tug'ilgan va «River Pleyt» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, shu sababli o'z yangi klubini juda yaxshi biladi. Beltran roppa-rosa uch yil muqaddam aynan «River Pleyt»dan Florentsiyaga ko'chib o'tgan edi, o'shanda «Fiorentina» uning transferi uchun deyarli 20 million evro to'lagandi.

Manba: Stadion.uz