Urugvay terma jamoasi ustozi Marselo Belsa jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Kabo-Verde terma jamoasi bilan qayd etilgan durangdan mamnun emas. U shogirdlari o'yin intensivligini pasaytirgani uchun jazolanganini ta'kidladi.

«Natijaga ta'sir qilgan hal qiluvchi omil shunda bo'ldiki, biz o'yin intensivligini pasaytirdik, bu esa sodir bo'lmasligi kerak edi», — deya Belsaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, guruh bosqichining uchinchi turida Urugvay terma jamoasini ispaniyaliklarga qarshi o'ta murakkab bahs kutib turibdi. Hozircha janubiy amerikaliklarda Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde terma jamoalari bilan o'yinlardan so'ng atigi ikki ochko bor.

Manba: Stadion.uz