Belsa Arauxoni Urugvay terma jamoasiga chaqirmadi - sababi ma'lum

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo oktyabr oyidagi o'yinlar uchun Urugvay terma jamoasi qarorgohiga bormaydi.
Marselo Belsa jamoasi Dominikan Respublikasi (10 oktyabr) va O'zbekiston (13 oktyabr) terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. Jurnalist Fernando Poloning ma'lum qilishicha, urugvayliklar etakchisi Arauxoga qo'shimcha dam berishga qaror qilgan, shu bois uni bo'lajak o'yinlar qaydnomasiga kiritmagan.
Urugvay terma jamoasi saralash bosqichida Argentina, Ekvador va Kolumbiyadan keyin to'rtinchi o'rinni egallab, 2026 yilgi jahon chempionatiga muvaffaqiyatli yo'llanma oldi.
Ronald Arauxo 2020 yilgi debyutidan beri milliy jamoa safida 24 ta o'yin o'tkazgan.