Belottining A Seriya klubiga transferi amalga oshdi

Italiyaning "Kalyari" klubi terma jamoa forvardi Andrea Belottini sotib olganini e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, "Komo" futbolchisi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagan. O'tgan mavsumda Belotti "Komo" (19 o'yin, 2 gol) va Portugaliyaning "Benfika" klublarida ijara asosida o'ynagan (24 o'yin, 4 gol va 1 assist).
31 yoshli Belotti terma jamoa safida 12 ta gol va 44 ta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 2 million evroga baholamoqda.