Bellingem: «Xarri Keyn — dahshatli o'yinchi, lekin...»

«Real» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Xarri Keynning «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.
«Hamma narsa doim jamoaning muvaffaqiyatlariga bog'liq bo'ladi. Xarri — ajoyib o'yinchi. «Dortmund»da to'p suradigan ukam [Job] uchun afsuski, «Bavariya» Bundesligada g'olib chiqadi.
Umid qilamizki, ertaga Chempionlar Ligasida biz ularni to'xtata olamiz. Ammo Xarri hujumchi sifatida hayratlanarli darajaga chiqdi. Ertaga uni jilovlay olishdan umidvormiz», — dedi Bellingem Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.