Transfermarkt portali Ispaniya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning narxlari yangilandi. Narxi eng ko'p pasaygan futbolchilar orasida 3 nafari ajralib qoldi, ularning taxminiy narxi 20 million evroga arzonlashgan.

Ushbu uchlikdan "Real"dan Jud Bellingem va Rodrigo, "Atletik"dan Oyyan Sanset o'rin olgan. Bellingemning yangi narxi - 160 million evro, Rodrigo - 60 million evro, Sanset - 40 million evro.

Jud Bellingemning narxi 11,1 foizga pasayganiga qaramay, u hamon dunyoning eng qimmat futbolchilari ro'yxatidan joy olgan.

La Liga peshqadami "Barselona" hisoblanadi. Ikkinchi "Real" esa 4 ochko ortda qolmoqda.