Bellingem "Real"ning "Yuventus" ustidan qozongan g'alabasidan keyin izoh berdi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoasining Chempionlar ligasi doirasidagi "Yuventus"ga (1:0) qarshi o'yindagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
Aynan angliyalik futbolchi 57-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, yagona gol muallifiga aylandi.
"Ajoyib hissiyotlar. Nihoyat Chempionlar ligasining muhim o'yinida maydonga tushib, uzoq tanaffusdan keyin g'alaba golini urishni orzu qilgandim," - deydi Bellingem intervyuda.
22 yoshli xavbek mavsum boshini o'tkazib yubordi - u elkasidagi operatsiyadan keyin tiklanayotgandi.