Angliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis shu yozda «Real» boshqaruvini qo'lga oldi. Bundan avval ham u «qaymoqranglilar» rahbarligida faoliyat yuritgan va ular bilan chempionlik unvonini qo'lga kiritgan edi.

«Joze «Real»dami? Bu aql bovar qilmaydigan darajada, shunchaki ajoyib! U top-murabbiy. Haqiqiy top. Men bu tayinlovdan juda xursandman», — deya Bellingemning so'zlarini taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano «X» ijtimoiy tarmog'ida keltiradi.

Madridning «Real» klubi o'tgan mavsumni Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda yakunladi. Kataloniyaning «Barselona» klubi mamlakat chempioniga aylandi.

Manba: Stadion.uz