Bellingem kriket klubi aktsiyadoriga aylandi

Angliyalik hujumkor yarim himoyachi Jud Bellingem «Birmingem Finiks» kriket klubi aktsiyadori bo'lishga qaror qildi. U ramziy miqdordagi aktsiyalarni — umumiy miqdorning 1,2 foizini sotib oldi.
Frantsiyaning L'Equipe nashri aniqlik kiritishicha, gap iqtisodiy investitsiya haqida emas (futbolchining maoshi shundoq ham yuqori), balki u bolaligidan befarq bo'lmagan klubga yordam berish istagi haqida ketmoqda.
Hozirda futbolchining o'zi Madridning «Real» klubida to'p tepmoqda va u erda mavsum ancha murakkab kechmoqda. Shu sababli kriket, ehtimol, ingliz futbolchisi ayni damda muhtoj bo'lgan hordiq manbai bo'lishi mumkin.