Bellingem: "Kiyinish xonasida bo'lgan gaplar o'sha erda qoladi"

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Alvaro Arbeloa "Benfika"ga qarshi o'yindan keyin nimalar degani haqida gapirishdan bosh tortdi.
EChL umumiy bosqichining so'nggi turida “Real” safarda “Benfika”ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
“Murabbiy o'yindan keyin nima dedi? Kiyinish xonasida bo'lgan gaplar o'sha erda qoladi. Hozir navbatdagi bahs haqida o'ylash vaqti. Biz birdam bo'lishimiz va oldindagi o'yinlarga to'liq e'tibor qaratishimiz kerak”, — dedi Bellingem.