Bellingem JCh-2026 dagi ishtirokini muddatidan oldin yakunlashi mumkin

Angliya terma jamoasi yulduz yarim himoyachisi Jud Bellingem JCh-2026 yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan o'yindan so'ng namoyish etgan agressiyasi uchun jazolanishi mumkin. Bu haqda Talksport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi Valentin Barkoning boshiga urgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Ushbu epizod FIFA tomonidan ko'rib chiqiladi va shundan so'ng yakuniy qaror ma'lum bo'ladi. Shu tariqa, Jud Frantsiyaga qarshi uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Angliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Messi va uning jamoadoshlari Jahon chempionati finaliga yo'l olishdi va u erda Ispaniya bilan to'qnash kelishadi. Final uchrashuvi 19 iyul kuniga belgilangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar