Bellingem Angliyaning Norvegiya ustidan qozongan g'alabasining asosiy omilini ma'lum qildi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati-2026 chorak finalida Norvegiya ustidan qozonilgan g'alabadan (qo'shimcha bo'limlarda 2:1) so'ng jamoasi haqidagi fikrlarini bildirdi.
«O'yin ko'plab turli jihatlardan iborat. Ularning bir qismi — texnik va taktik tomonlar. Men uchun eng muhimi — psixologik jihat: omadsizliklarni qanday engish, qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish. Bu jamoa yana bir bor bunga qodir ekanini ko'rsatdi va bu haqiqatan ham qadrli ko'nikma va sifatdir», — deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi «AP» nashri.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar