Belidagi muammolarga qaramay Ispaniya bosh murabbiyi Yamalni Turkiyaga qarshi o'ynatmoqchi

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal sog'ayib, Turkiyaga qarshi bo'lajak o'yinda maydonga tushishga tayyor.
18 yoshli futbolchi belida noqulaylik his qilgan, shu sababli u payshanba kuni Bolgariyaga qarshi kechgan o'yin oxirida zaxiraga olingan edi. Muammo unchalik jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi: Barca Universal xabariga ko'ra, Yamal 7 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan Turkiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start olishi rejalashtirilgan.
Bolgariya terma jamoasi bilan o'yinda "qizil furiya" yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Lamin Yamal golli uzatmani amalga oshirdi.