Belgiya terma jamoasi himoyachisi Fas "Monako"ga o'tdi

Himoyachi Vaut Fas "Lester"dan "Monako"ga ijara asosida o'tdi. Kelishuv mavsum oxirigacha mo'ljallangan va monakoliklar uni sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
27 yoshli belgiyalik yangi jamoasida 25-raqam ostida harakat qiladi. U ilgari Frantsiyaning "Reyms" jamoasida o'ynagan.
Fas bu mavsumda Chempionshipda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fas 2022 yildan beri Belgiya terma jamoasida o'ynamoqda. Uning hisobida xalqaro miqyosdagi 28 ta o'yin bor.