Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Qozog'istonda g'alaba qozonmoqchi

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Qozog'iston bilan jahon chempionati saralashi o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Uchrashuv 15 noyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
"O'yindan oldin sun'iy maydon, uzoq masofaga uchish yoki vaqt farqi haqida gapirmaslik kerak - bu bahona emas. Faqat g'alaba uchun o'ynaymiz," - deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi sports.kz.
Shuningdek, Garsiya raqibda birinchi uchrashuvga nisbatan murabbiy va o'yin sxemasi o'zgarganini, ammo futbolchilar o'zgarmaganini ta'kidladi.
Belgiya 14 ochko bilan o'z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Qozog'iston 7 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.