Belgiya murabbiyi: «Biz g'alaba qozonish uchun etarlicha yaxshi o'ynadik»

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Iran bilan qayd etilgan durang (0:0) haqida fikr bildirdi. Murabbiy natijadan xafa ekanini tan oldi, ammo jamoasi g'alaba uchun etarlicha imkoniyat yaratganini ta'kidladi.
«Xafamiizmi? Ha, chunki biz g'alaba qozonishni istagan edik. O'ylaymanki, biz bu o'yinda g'alaba qozonish uchun etarlicha yaxshi o'ynadik, kerakli vaziyatlarni yaratdik.
Ba'zi narsalarni yaxshiroq bajarish mumkin edi, ayniqsa samaradorlik borasida. Bundan tashqari, yarim soat davomida kamchilik bo'lib o'ynash hech qachon oson emas. Ularning darvozaboni haqli ravishda o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi», — deya murabbiyning so'zlarini keltiradi RTBF.
Eslatib o'tamiz, Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko bor. 27 iyun kuni belgiyaliklar Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar