Belgiya AQShga texnik mag'lubiyat yozib berilishini va ularning JChdan chetlatilishini talab qilmoqda

Belgiya futbol assotsiatsiyasi, agar AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun bo'lajak uchrashuvda maydonga tushsa, Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilish niyatida. JCh 1/8 finalidan o'rin olgan AQSh va Belgiya o'rtasidagi bahs 7 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da start oladi.
HLN nashrining xabar berishicha, belgiyaliklar FIFAning apellyatsiya ko'rib chiqilgunga qadar futbolchining diskvalifikatsiyasini vaqtincha to'xtatib turish haqidagi qarorini noqonuniy deb hisoblamoqda.
Agar Balogun o'yinda ishtirok etsa, Belgiya tomoni rasmiy shikoyat kiritadi va quyidagilarni talab qiladi: a) futbolchining o'yindagi ishtirokini noqonuniy deb tan olish, b) AQSh terma jamoasiga texnik mag'lubiyat yozish, v) reglament buzilgani tasdiqlangan taqdirda AQSh jamoasini turnirdan chetlatish.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar